

- Bu oldinga qadam, ertami-kech u buni qilishi kerak edi, deya so'z boshladi Kirichenko. – Bu “Rostov”ning Yevropa Ligasidan chiqib ketishi bilan bog'liq yo yo'qligini bilmayman. Biroq, ehtimol bu ham ta’sir o'tkazgandir. Italiya – Shomurodov uchun ajoyib tanlov. Angliyada esa qiyinroq bo'lardi. Eldor – mehnatkash, tezkor, poziciyani yaxshi tanlaydi, omadsiz seriyaga qaramasdan gol urishni ham uddalaydi. U yosh va Yevropadagi faoliyatini boshlashi uchun Italiya juda mos keladi.
O'ylashimcha, “Rostov” ko'p narsa yo'qotmaydi. Poloz, Ionov va ular kabi bosh bilan yaxshi o'ynay olmaydigan hujumchilar bor. Shomurodovga yaxshigina summa to'lashmoqchi – 8-9 mln evro. “Rostov”ning evrokuboklarda ishtirok etmayotganini hisobga olsak, nega bunday bo'lmasligi kerak?, deya so'zlarini yakunlagan donliklar sobiq murabbiyi.



