"Rostov" Shomurodovning "Roma"ga o'tishidan qancha mablag' olishi aniq

Aslanov Jasurbek
2 avg 2021, 23:56
"Rostov" Eldor Shomurodovning "Roma"ga o'tishidan ham foyda ko'radi.

Eurostavka ma'lumotlariga ko'ra, "Rostov" Shomurodovdan tushgan daromadning 15 % ini oladi. 

"Roma" Shomurodovni 2.5 mln evro evaziga ijaraga olsa, "Rostov" 375 ming evro mablag'ga ega bo'ladi. Agar "Roma" Eldor Shomurodovni kelasi mavsum 17 mln evro evaziga butunlay sotib oladigan bo'lsa, "Rostov" "Jenoa"dan 1.5 mln evro miqdoridagi pulni oladi. Bu "Jenoa" ko'rgan sof foydaning (17-7.5 mln) 15% qismiga teng bo'ladi. Ma'lumot uchun, "Jenoa" Shomurodovni 7,5 mln evroga sotib olgandi.

Eslatib o'tamiz, yaqin orada Eldor Shomurodovning rasman "Roma"ga o'tganligi e'lon qilinishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Eurostavka