Rostov Kuchukni iste'foga chiqardi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2017, 08:48
Leonid Kuchuk Rostov klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Shartnoma ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilindi, – deyiladi manbada.

Hozircha klub 58 yoshli murabbiy borasida rasmiy axborot bergani yo'q.

Kuchuk Rostov klubida 2017 yilning iyun oyidan buyon ishlab kelayotgandi. Rossiya chempionatining 19ta turidan so'ng Rostov 22 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda. 

Ma'lumot uchun, Rostov safida o'zbekistonlik Eldor Shomurodov faoliyat olib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: tass.ru