"Rostov" klubi prezidenti Shomurodovning transferi haqida gapirdi

Alisher
1 okt 2020
"Rostov" prezidenti Artashes Arutyunyanc jamoa hujumchisi Eldor Shomurodovning "Jenoa"ga o'tgani haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Uzoq muzokaralardan so'ng "Jenoa" klubining taklifini qabul qildik. Eldorni Yevropa futbolida katta sayohat kutayotganiga aminman. Uning klubimizga o'tishi men "Rostov" prezidenti bo'lgan paytimga to'g'ri kelib qoldi. Shu sabab bir necha yillar o'tgach aytishim mumkinki, Eldor futbol maydoni tashqarisida ham aqlli, kamtar va yaxshi insondir. Bu sifatlar zamonaviy dunyoda juda muhimdir va men unga shunday bo'lib qolishni tilayman. Biz Eldor bilan xayrlashmaymiz, u "Rostov"ning do'sti va muxlisi bo'lib qolishiga ishonaman", - deydi Arutyunyanc.

→ Rasman: "Rostov" Eldor Shomurodovning "Jenoa"ga o'tganini e'lon qildi 


AlisherMuallif
Manba: fc-rostov.ru