"Rostov" bir yo'la ikki shvetsiyalik bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
16 okt 2020, 00:55
"Rostov" matbuot xizmati "Norcheping" yarim himoyachisi Pontus Almkvist va tayanch yarim himoyachisi Armin Gigovich bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

Hozircha transfer shartlari borasida ma'lumotlar berilmagan. Oldinroq "Rostov" Almkvistning transferi uchun 3,6 mln evro, Gigovich uchun 2,9 mln evro to'lashi borasida ma'lumotlar berilgandi.

Almkvist qanot vingeri hamda markaziy hujumda ham o'ynay oladi.  Gigovich esa o'tgan mavsumda Shvetsiya chempionatida 34 o'yinda 1 gol va 1 assist qayd etdi.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Ростов" матбуот хизмати