

“Xitoy bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish imkoniyatini muhokama qildik. Xabaringiz bor, Xitoy hozircha uchrashuvlarda qatnashmayapti, shuning uchun bizda qulay imkoniyat bor. Bilmadik, yaqin kelajakda yoki bu yil, balki, keyingi yil albatta ularga qarshi o'yin o'tkazamiz”, degan RFI rahbari.
Eslatib o'tamiz, Valeriy Karpin shogirdlari kecha o'z maydonida Iroqni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Tomonlar javob uchrashuvi o'tkazish bo'yicha muzokara olib bormoqda.



