Rossiya termasi 64 yillik rekordni takrorladi

15 iyun 2018, 00:03
Jahon chempionatining ilk uchrashuvi 64 yillik tanaffusdan keyin 5:0 hisobidagi natija bilan yakunlandi.

Rossiya terma jamoasi JCH-2018ning ilk bellashuvida Saudiya Arabistoni termasini (5:0) yirik hisobda taslim etdi. 1954 yilgi JCHning ilk bellashuvida ham Braziliya terma jamoasi meksikalik raqiblarini xuddi shu hisobda dog'da qoldirishgan edi. Ammo o'shanda musobaqaning ilk kunida bir yo'la beshta uchrashuv o'tkazilgandi.

JCHning ilk uchrashuvidagi eng yirik hisob esa 1934 yili Italiya va AQSH termasi o'rtasida (7:1) qayd etilgan. O'sha yili turnirning ilk kunida parallel ravishda ettita o'yin bo'lib o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live