Rossiya terma jamoasining Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yaxshi goli aniqlandi
Eldor Akmurzayev
2 iyun 2020, 20:00
Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati mamlakat milliy jamoasining qita birinchiliklari tarixidagi eng yaxshi golini aniqlash maqsadida muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.
Evro-2012 ilk turi doirasida Chexiyaga qarshi o'yinda hujumchi Roman Pavlyuchenko tomonidan urilgan gol eng ko'p ovozga ega bo'ldi. Roman 82-daqiqada raqib davozasini ishg'ol etib, o'yin yirik (4:1) hisobda yakunlanishiga hissa qo'shgandi.