Rossiya terma jamoasi kuzda Chexiya va Germaniya bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2018, 17:53
Rossiya terma jamoasi 2018 yilning kuzida ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazadi.

Rossiyaliklarning raqiblari Germaniya va Chexiya bo'ladi.

Uchrashuv o'tkazish borasida kelishuvga erishildi. 10 sentyabr kuni rossiyaliklar uyda Chexiya terma jamoasini qabul qiladi, 15 noyabrda esa Germaniya mehmoni bo'lishadi. Shaharlar, stadion va vaqt keyinroq e'lon qilinadi.

Shunday qilib, RFI (Rossiya futbol ittifoqi) Rossiya terma jamoasining 2018 yildagi to'liq o'yinlar taqvimini (JCH-2018dan tashqari) tuzib chiqdi.

23 mart. Rossiya – Braziliya. Nazorat uchrashuvi. Moskva.
27 mart. Rossiya – Fransiya. Nazorat uchrashuvi. Sankt-Peterburg.
30 may. Avstriya – Rossiya. Nazorat uchrashuvi. Insbruk.
5 iyun. Rossiya – Turkiya. Nazorat uchrashuvi. Moskva.
7 sentyabr. Turkiya – Rossiya. Millatlar ligasi.
10 sentyabr. Rossiya – Chexiya. Nazorat uchrashuvi.
11 oktyabr. Rossiya – Shvetsiya. Millatlar ligasi.
14 oktyabr. Rossiya – Turkiya. Millatlar ligasi.
15 noyabr. Germaniya – Rossiya. Nazorat uchrashuvi.
20 noyabr. Shvetsiya – Rossiya. Millatlar ligasi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com