Rossiya terma jamoasi ketma-ket 5 ta o'yinda g'alaba qozondi

10 sen 2019, 07:41
Futbol bo'yicha Rossiya terma jamoasi Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Qozog'istonga qarshi bahsda 1:0 hisobida zafar quchdi.

Stanislav Cherchesov shogirdlari shu tariqa Evro-2020 saralashi doirasida ketma-ket 5-g'alabasini nishonladi. Jamoa bu orada 17 ta gol urdi va 1 ta gol o'tkazdi.

Ayni damda ruslar I guruhida 15 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Birinchi o'rindan esa 18 ochko jamg'argan Belgiya terma jamoasi o'rin olgan.

Rossiyaning so'nggi beshta o'yini:

  1. Qozog'iston - Rossiya 0:4
  2. Rossiya - San-Marino 9:0
  3. Rossiya - Kipr 1:0
  4. Shotlandiya - Rossiya 1:2
  5. Rossiya - Qozog'iston 1:0

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia