

Kecha Germaniyaga qarshi bahsda Cherchesov shogirdlari 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Rossiya JCH-2018 chorak finalida Xorvatiyaga penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag'lub bo'lgandi. Shundan keyin jamoa ketma-ket 4 ta o'yinda mag'lubiyattga uchramadi. Shulardan 3 tasida g'alaba qozondi, bitta bahsda esa durang qayd etdi.
Endi Rossiya terma jamoasi 20 noyabr kuni safarda Shvetsiyaga qarshi Millatlar Ligasi doirasida bahs olib boradi.



