

Musobaqada "Spartak", "Lokomotiv", "Zenit" va "Rostov" klublari ishtirok etishadi. O'yinlar Dohadagi Aspire sport kompleksi hududida bo'lib o'tadi. Kubokning umumiy sovrin jamg'armasi - 200 ming dollar.
"Match Premer" Kubogi - Rossiya futbolidagi yanvar oyining eng asosiy voqeasi bo'ladi. Turnir Rossiya Premer-ligasi hamkorligida tashkil etiladi" - deyilgan telekanal bayonotida.
O'yinlar taqvimi:
21 yanvar. Spartak - Rostov (22:00)
22 yanvar. Zenit - Lokomotiv (22:00)
25 yanvar. Zenit - Spartak (20:00)
25 yanvar. Rostov - Lokomotiv (23:00)
28 yanvar. Rostov - Zenit (22:00)
29 yanvar. Spartak - Lokomotiv (22:00)
Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.



