Rossiya Premer-ligasi 19 iyundan davom ettiriladi

Alisher
2 iyun 2020, 15:59
Hukumat bu borada qaror qabul qildi.

RPL 19 iyunda restart oladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi bosh vazir o'rinbosari Dmitriy Chernishenko xabar berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, RPLning 23-turi 19-21 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Hukumat shuningdek stadionlarning 10% to'lishiga ruxsat berdi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq RFI RPLni 21 iyundan davom etirilishini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tass.ru