Rossiya Kubogiga qur'a tashlandi. RPL yo'lining 1/2 finalida "Spartak" "Zenit" bilan, SSKA "Baltika" bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
15 mar 2024, 17:45
Bugun Rossiya Kubogiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda RPL yo'lining yarim final va Hududlar yo'lining 1/4 final ikkinchi bosqichi juftliklari aniqlandi.

RPL yo'li

1/2 final 

Spartak – Zenit

Baltika – SSKA

Hududlar yo'li

1/4 final

2-bosqich

Axmat – Orenburg

Ural – Lokomotiv

SKA-Xabarovsk – Dinamo

Ximki – Rostov

Yuqori to'r qur'a tashlash marosimida chorak finalida g'alaba qozongan to'rtta klub ishtirok etdi: "Spartak", SSKA, "Baltika" va "Zenit".

Quyi to'r qur'asida esa sakkizta jamoa qatnashdi – Hududlar yo'lining 1/4 finali birinchi bosqichi g'oliblari – "Ural", "Ximki", "Axmat" va "SKA-Xabarovsk" birinchi savatga tushishdi. Ikkinchi savatda esa RPL yo'lidan chiqib ketgan "Orenburg", "Rostov", "Lokomotiv" va "Dinamo" joy olishdi.

RPL yo'lining 1/2 finali dastlabki o'yinlari 2-4 aprel kunlari, javob o'yinlari esa 16-18 aprel kunlari bo'lib o'tadi. 2-4 aprel kunlari Hududlar yo'lining 1/4 final ikkinchi bosqichi o'yinlari o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia