

"Al Sabaah" xabariga ko'ra, Iroq futbol federatsiyasi mart oyidagi FIFA kunlari vaqtida o'yinni Bag'dod shahrida o'tkazishni taklif qilgan. Rossiya termasiga undan tashqari, O'zbekiston va Boliviyadan ham takliflar bor. Iroq esa 20 yoki 28 mart kuni Rossiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishga tayyor turibdi. Shu o'yin orqali Iroq FF Bag'doddagi yangi stadionning ochilish marosimini ham o'tkazib oladi.
Ammo Rossiya FI o'yinni Sochida o'tkazishga taklif bergan. Hozircha tomonlar kelishuvga erishgani yo'q.



