Rossiya grandi Shomurodov uchun 5 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor

Alisher
15 noya 2019, 10:19
"Rostov" forvardi Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasida SSKA o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Moskva klubi 24 yoshli o'yinchi uchun 5 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov "Rostov"da 2017 yil yozidan beri o'ynab kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt o'zbekistonlik forvardni 2,5 million evroga baholagan.

Shomurodov RPLda 10ta gol urgan holda, Aleksandr Sobolev bilan birgalikda to'purarlar jadvalini boshqarib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Федеральное агентство новостей