Rossiya chempionatida o'zbekistonlik futbolchilar nega kamayib ketdi? Vitaliy Denisov javob berdi

Narzulla Saydullayev
16 may 2020, 12:57
Kecha “Tezkor Studiya” mehmoni bo'lgan, hozirda “Rotor” jamoasi sharafini himoya qilayotgan futbolchimiz Vitaliy Denisov, Rossiya premer-ligasida o'zbekistonlik futbolchilarning kamayib ketganiga quyidagicha izoh berdi.

“Birinchi galda futbolchilarning sifati va darajasi muhim. Salohiyati yuqori bo'lgan futbolchilarimizga Rossiya kublaridan takliflar bo'ladi. 

Klublar nomi va futbolchi familiyasini aytmayman, o'z vaqtida hatto men orqali ham chiqishgan. Rossiya klubidan futbolchi uchun 1,5 yoki 2 million so'rashgan, keyinroq o'sha futbolchi Osiyo klubiga ketgan va transfer narxi 5 million bo'lgandi. 

Bizning klublar esa Rossiya klubiga futbolchini 2 million dollarga sotishni istashadi. Keling tan olaylik, bugungi kunda O'zbekiston chempionatida o'ynagan futbolchini Rossiyaga 2 millionga sotishning iloji yo'q. Balki futbolchining keyingi transferidan foizlar olish borasida shartnoma tuzilsa ham bo'ladi, ammo o'zbek klublari barcha pulni hozir va bugun olishni istashadi”,- dedi Vitaliy Denisov "Tezkor studiya"da.



Quyida kechagi "Tezkor studiya"ni tomosha qilish mumkin: 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia