Rossiya - Braziliya. Uchrashuvga 50 000ta chipta sotib bo'lindi

Aslanov Jasurbek
19 mar 2018, 22:16
Rossiya va Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuviga chiqarilgan chiptalarning 50 000tasi o'z egalari qo'liga yetib bordi.

Bu haqda Rossiya Futbol ittifoqining tijorat departamenti rahbari Vladimir Karpovich xabar berdi.

“Ayni paytga kelib 50 000ta chipta sotib bo'lindi. Ikki kun ichida bu son 60 000taga etadi. Ob-havo va tarkibda Neymarning yo'qligi ham chiptalar sotuviga ta’sir o'tkazyapti”, – dedi Karpovich.

Eslatib o'tamiz, Rossiya va Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 23 mart kuni Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo'lib o'tadi. Ushbe arena o'z bag'riga 81 000 tomoshabinni sig'dira oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif