Rossiya. 1-tur. "Rubin" durang o'ynadi, Galiulin maydonga tushmadi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2013, 10:59
Kecha Rossiya premer ligasida yangi mavsum boshlangani haqida xabar bergandik.
Kuning so'nggi uchrashuvida hamyurtimiz Vagiz Galiulin to'p tepayotgan “Rubin” klubi safarda “Kuban” bilan bellashdi. O'yindagi hisobni mehmonlar vakili Eremenko ochdi – 0:1. Oradan 3 daqiqa o'tgach Ozbiliz jarima to'pini aniq amalga oshirib muvozanatni tikladi – 1:1. Qolgan vaqt davomida na “Kuban”, na “Rubin” gol ura olmadi. Shu tariqa Rossiya premer ligasining dastlabki uchta o'yini ham durang bilan tugadi. O'yinni Vagiz Galiulin zaxiradan kuzatdi.

Kuban – Rubin 1:1 (0:0, 1:1)
14 iyul, 22.00, Kuban
Gollar:
0:1 – 71 R.Eremenko, 1:1 – 74 Ozbiliz.
Kuban – Belenov, Kozlov, Dealbert, Shandao, Bugaev, Ignatev (Bukur, 43), Tlisov (Urenya, 82), Popov, Ozbiliz, Kabore (Sosnin, 73), Balde.
Rubin – Rijikov, Kuzmin, Markano, Navas, Ansaldi, R.Eremenko, Natxo, Karadeniz (Kislyak, 89), Kulik, Ryazancev, Rondon.
Ogohlantirishlar:  Kabore (66), Ansaldi (73).
Chetlatish: Ryazancev (45).


1-turning qolgan o'yinlari Toshkent vaqti bilan:
15 iyul
21:00 "Rostov" - "Terek"

16 iyul
18:00 "Amkar" - "Tom"
20:30 "Krilya Sovetov" - "Spartak"

17 iyul

18:30 "Ural" SSKA
21:00 "Krasnodar" - "Zenit"

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia