

Dekabr oyida portugaliyalik hujumchi "Al Nasr" bilan 2,5 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
"Krishtianu Ronaldu – futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri ekanligiga hech kimda shubha bo'lmasa kerak. Uni dunyoning turli burchaklarida hurmat qilishadi va o'yinlarini sevib tomosha qiladilar.
Uning transferi nafaqat alohida klubga, balki butun Saudiya futboli uchun katta foyda keltiradi, deb o'ylayman. Bu kelishuv saudiyalik yosh bolalar uchun Krishtianuga o'xshash, o'z orzulari tomon intilishlarida o'ziga xos qo'shimcha turtki bo'lib xizmat qiladi.
Shu bilan birga endi ular Ronalduning bugungi darajaga yetishi uchun zamin yaratgan mehnatkashligi, harakatlarini bevosita kuzata oladilar", – dedi Yosir Al Misexal.



