Ronalduning La Ligadagi ishlari yaxshi emas + FOTO

Tolibjon Qosimov
2 okt 2017, 11:37
Kecha tunda Madridning "Real" jamoasi La Liga 7-turi doirasida Kataloniyaning "Espanol" klubini qabul qildi.

Unda Zidan boshchiligidagi madridliklar Iskoning ikkita goli evaziga g'alaba qozonishdi. Jamoaning asosiy to'purari Krishtianu Ronaldu esa Ispaniya chempionatida hali ham gol urgani yo'q. Ronaldu uchta o'yinda maydonga tushdi. Ana shu uchrashuvlarda u raqib darvozasi tomon 22ta zarba berdi, ulardan to'rttasi darvoza tomon aniq borgan, lekin gol yo'q. Yani, Krishtianu joriy mavsum La Ligada gol urmagan futbolchilar orasida eng ko'p zarba bergani bo'lib turibdi.



Ispaniya chempionati turnir jadvali >>> La Liga

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball