Ronalduning fikricha, hammasiga "Real" va Peres aybdor

Aslanov Jasurbek
6 okt 2018
"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronalduning fikricha, unga qarshi ochilgan jinoiy ish ortida "Real" turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" va futbolchi o'rtasidagi munosabatlar o'tgan yilning dekabr oyida buzilgan. Krishtianu taxminlariga ko'ra, u "Yuventus"ga o'tganidan so'ng "Real" va uning prezidenti Florentino Peres hujumchiga zarar etkazmoqchi. Ronaldu nufuzli sovrinlarni yutmagani, nomusga tegish ishi, "Valensiya"ga qarshi bahsdagi qizil kartochka va bazi homiylarning voz kechishi ortida "Real" va Peres turibdi deb hisoblamoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Repubblica