Ronalduning "Al Nassr"dagi taqdimoti JCH-2022 finalidan 1 mlrd ko'proq tomosha qilingan

Оқил Абдубарноев
6 yanv 2023, 20:03
Ushbu marosim dunyoning 40 ta telekanali orqali efirga uzatilgan.

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning "Al Nassr" klubidagi taqdimoti dunyo bo'ylab 40 ta telekanal orqali efirga uzatildi hamda uni 3 mlrd kishi tomosha qilgan.

Ma'lumot uchun, yaqinda Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati finali doirasidagi Argentina - Fransiya uchrashuvini dunyo bo'ylab 2 mlrd aholi kuzatib borgan.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu o'zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov bilan bir jamoada to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/pedromsepulveda