Ronalduga yangi shartnoma taklif qilindi

Mirjalol Normatov
10 apr 2025, 23:20
Krishtianu Ronaldu "Al Nassr"da yana ikki mavsum o'ynashi mumkin.

Saudiya Arabistoni klubi 40 yoshli forvard bilian shartnomani uzaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

"Al Nassr" Ronalduga shartnomani ikki yilga, yani, 2027 yil yozigacha uzaytirish taklifi bilan chiqqan. Bu haqda jurnalist Janluiji Longari ma'lumot bermoqda.

Portugaliyalik bilan amaldagi kelishuv ushbu yozda yakuniga etadi. Ronaldu ushbu mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatining 25 o'yinida 21 gol urdi va to'purarlar jadvalida yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Italia