Ronaldudan qoyilmaqom natija

Portugaliyalik daho rekordlarni yangilashdan charchamayapti.

Krishtianu Ronaldu "Yuvetus" va "Udineze" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda (A Seriya, 15-tur) hisobni ochdi.

Bu 35 yoshli forvard tomonidan joriy mavsumda urilgan 20-gol hisoblanadi. Krishtianu bu orqali o'ziga xos seriyasini uzaytirib oldi. Portugaliyalik futbolchi qatorasiga 15-mavsumda 20ta gol urishga erishdi (klub va terma jamoa o'yinlari inobatga olingan).

Bundan tashqari, Ronaldu Italiya chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Uning hisobida 13 ta gol bor.

Ronaldu Pelening rekordini yangiladi! 


Manba: Opta Sports