Ronaldu - "Yuventus"ning 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi

Alisher
10 avg 2020, 16:44
Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ning 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

35 yoshli forvard Turin jamoasining muxlislari o'rtasidagi o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra g'olib deb topildi.

Portugaliyalik futbolchi A Seriyada 33ta o'yinda 31ta gol, barcha musobaqalarda esa 37ta gol kiritgan holda, klubning yangi rekordini o'rnatdi.

Krishtianu Ronaldu "Yuve" tarkibida ketma-ket ikki mavsum A Seriyada g'olib bo'ldi. Turinliklar Chempionlar Ligasida 1/8 finaldanoq musobaqani tark etishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: juventus.com