Ronaldu "Yuventus"ga kim tayinlanishi kerakligini aytdi

5 iyun 2019, 04:00
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bosh murabbiylikka Mauricio Sarrining kelishini qo'llab-quvvatladi.

34 yoshli portugaliyalik Sarri hujumkor futbol o'ynashi, hujumchilarni qadrlashi va oldinga borishni xush ko'rishini biladi. Ronaldu Sarri bilan birga ishlashga qiziqmoqda, deya xabar berdi Tuttosport nashri.

Ronaldu A Seriya va Chempionlar ligasida to'purar bo'la olmagani uchun keyingi mavsum o'z darajasiga qaytishni maqsad qilgan.

60 yoshli Sarri "Chelsi"ni tark etishi va "Yuventus" klubini boshqarishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: tuttosport.com