Ronaldu "Yuventus"dan kyetishiga shama qildimi?

Mirjalol Normatov
25 may 2021
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu Italiya futbolida barcha niyatlarini amalga oshirganini ma'lum qildi.

"Italiya futbolidagi o'zim oldimga qo'ygan barcha vazifalarimni bajarib bo'ldim: chempionlik, Kubok va Superkubok, shuningdek, gigant klublar va ajoyib futbolchilari bor eng ajoyib futbol madaniyatiga ega bo'lgan davlatda mavsumning eng yaxshi futbolchisi, undan tashqari, to'purari bo'ldim. Bundan xursandman", - dedi Ronaldu.

Ronaldu yozgi transferlar oynasi vaqtida Turin superklubidan kyetishi kutilmoqda. Uning navbatdagi manzili qaysi jamoa bo'lishi aniq emas. Oldinroq uning PSJ yoki "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal