Ronaldu "Yuventus" safidagi ilk golini kiritdi + VIDEO

Aziz Tukhtamuradov
12 avg 2018, 21:11
Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ning asosiy tarkibidagi dastlabki o'yinini o'tkazmoqda.

"Keksa Sinora"lar ananaga ko'ra yangi mavsum oldidan "Yuventus B" jamoasiga qarshi o'yin o'tkazishmoqda. Portugaliyalik yulduz uchrashuvning sakkizinchi daqiqasida raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.

"Yuventus" uchrashuvni quyidagi tarkibda boshladi: Shchensni, Guardado, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Jan, Bentankur, Bernardeski, Dibala, Duglas Kosta, Krishtianu Ronaldu.

VIDEONI TELEGRAMDAGI KANALIMIZ ORQALI TOMOSHA QILING

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia