Ronaldu "Yuventus" ixtiyoriga qaytdi

Alisher
26 iyul 2021, 14:28
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Turinning "Yuventus" klubi ixtiyoriga qaytdi.

36 yoshli hujumchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va "keksa sinora" xo'jayinlari bilan uchrashuv o'tkazadi.

Krishtianu Ronaldu shartnomasini 2023 yilning yoziga qadar uzaytirishi mumkin. Amaldagi bitim kelasi mavsumning so'nggida yakuniga etadi.

Futbolchi o'tgan mavsum 33ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio