

36 yoshli futbolchi Turin klubidan ketishga qaror qildi, u bu haqda rahbariyatni ogoh etdi va uni sotishlarini so'radi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.
Janluka Di Marcioning ma'lumotiga ko'ra, futbolchi "Yuve" bazasidagi o'zining shkafidan narsalarini olib ketgan.
Oldinroq ma'lum bo'lganidek, portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh hujumchining transferi borasida "Manchester Siti" bilan muzokaralar olib bormoqda.
"Yuventus" Ronaldu uchun kamida 25 mln evro so'ramoqda va uni tekinga qo'yib yubormoqchi emas.



