Ronaldu: "Yaqin orada van Gal MYUni yana chempion qiladi"

Narzulla Saydullayev
26 okt 2014, 14:29
"Reala" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin orada MYU Angliyada yana tengsiz bo'lishini aytib o'tdi.
Dastlabki 8 turdan so'ng MYU 12 ochko bilan musobaqa jadvalining oltinchi pog'onasida bormoqda.

"Van Gal - fantastik murabbiy, ishonamanki u yaqinda MYUni yana chempion qiladi. Agar bu yil bo'lmasa, keyingisida albatta chempion bo'ladi.

Ser Aleks Fergyuson van Galga vaqt kerakligini aytgandi - u haq. Xatto ser Aleks ham bir necha yillar davomida "Yunayted" bilan hech nima yuta olmagan. Yaxshi jamoa tuzish uchun vaqt kerak", - deydi Ronaldu Ispaniya matbuoti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com