

Marca gazetasining "Feysbuk" ijtimoiy tarmog'idagi so'rovnomasi natijalariga ko'ra, Ronaldu "eng yaxshi futbolchi" va "eng yaxshi hujumchi" nominaciyalarida g'alaba qozondi. Portugaliyalik futbolchi "Barselona" hujumchilari Lionel Messi va Luis Suareslarni ortda qoldirdi.
Mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomiga "Atletiko" ustozi Diego Simeone sazovor bo'ldi. Bundan tashqari, o'z poziciyalarida Luka Modrich, Keylor Navas va Marselolar ham g'olib deb topildi.



