Ronaldu - XXI asrda kuchli beshlik ligalarida 50ta xet-trik qilgan ilk futbolchiga aylandi

Mirjalol Normatov
17 apr 2022, 14:14
Krishtianu Ronaldu kecha klublardagi faoliyatidagi 50-xet-trikini qayd etdi.

Portugaliyalik forvard XXI asrda kuchli beshlik ligalarida 50ta xet-trik qilgan ilk futbolchiga aylandi. U shularning 44tasini "Real"da amalga oshirgan bo'lsa, 3 martadan "Yuventus" va "Manchester Yunayted"da qayd etdi.

Umumiy hisoblaganda kechagi xet-trik uning faoliyatidagi oltmishinchisi hisoblanadi. Qolgan 10 xet-trikni u Portugaliya termasi tarkibida rasmiylashtirgan.

Ushbu mavsumda 37 yoshli forvard jamoasi tarkibida 21 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal