

Madrid klubi futbolchilari Krishtianu Ronaldu va Toni Kroos klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib bo'lish bo'yicha rekordchiga aylanishdi.
Endi ular hisobida to'rttadan chempionlik bor. Kroos Real safida uch marta, Bavariya safida bir marta bunga erishgan, Ronaldu Real safida uch bor va Manchester Yunayted tarkibida bir marta chempion bo'lgan.




