Ronaldu ushu natijaga erishgan birinchi yevropalik

8 may 2026, 08:50
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 100-golini urdi.

41 yoshli portugaliyalik "Al Shabab"ga qarshi o'yinda (4:2) gol urib, ushbu natijaga erishdi.

Ronaldu liga tarixida 100 ta gol urgan to'qqizinchi o'yinchi va birinchi yevropalik bo'ldi. Chet ellik o'yinchilar orasida bunga faqat marokashlik Abderrazak Xamdalla va suriyalik Omar Al-Soma ushbu natijaga erishgan.


Manba: Championat.com