Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati 24-turida Vilyarrealga qarshi o'yinda penaltidan gol urdi.
Shu tariqa, Ronaldu Ispaniya chempionatida penaltidan 57-golini urib mutloq rekordchiga aylanib oldi. Portugaliyalik futbolchi jamoaning sobiq a'zosi Ugo Sanchesdan bitta golga oshib ketdi.
31 yoshli Ronaldu bu mavsumda primeroda 15ta gol urdi.