Ronaldu turk tilini o'rganmoqchi

Aslanov Jasurbek
31 may 2021
"Yuventus" klubi va Turkiya terma jamoasi himoyachisi Merix Demiral Evro-2020da Italiyaga qarshi uchrashuvda nimalar kutayotganini hamda Krishtianu Ronalduning turk tilini o'rganish istagi borligini aytib o'tdi.

"Terma jamoamiz bosimni yaxshi ko'radi, biz eng yaxshi ligalarda va eng yaxshi jamoalarda to'p suramiz. Oramizda sog'lom raqobat mavjud va maydonda birdamlikda harakat qilamiz. O'ylaymanki, Yevropa chempionatida yaxshi natijaga erishamiz. Italiyaga qarshi o'yin katta ahamiyatga ega. Raqiblarga qarshi qo'limdan kelgancha harakat qilaman. Kiyinish xonasida Bonuchchi bilan hazillashamiz. U va Kellini menga hazil qilishadi, men ham ularga javob qaytarman. Kellini mendan Yilmaz haqida so'raydi, ular bizni kuzatib boradilar, futbolchilarimizni bilishadi.

Dibala va Ronaldu menga mashg'ulotlarda qanday harakat qilish kerakligi haqida o'z maslahatlarini ayamaydi va bu men uchun juda muhimdir. Ronaldu turk tilini o'rganishni xohlaydi. Dibala va boshqa jamoadoshlarimda ham shunday istak bor. Shuningdek, ular menga ispan tilini ham o'rgatishadi", - deya Demiralning so'zlaridan iqtibos keltiradi Tutto Juve.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tutto Juve