

Ma'lum bo'lishicha, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi bu hafta dam olishdan qaytadi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. Keyin esa unda Yaponiyada homiylar bilan tadbirlar rejalashtirilgan.
U 30 iyul kuni Chempionlar kubogida "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok eta olmaydi.
Bundan tashqari 8 avgust kuni MYUga qarshi bo'lib o'tadigan UEFA Superkubogi o'yinida Zidan mashg'ulot o'tkazmagan futbolchini maydonga tushirmoqchi emas.
Shu tariqa, u mavsumdagi ilk o'yinini 13 avgust kuni "Barselona"ga qarshi o'yinda, Ispaniya Superkubogi doirasida o'tkazadi.



