Ronaldu sobiq jamoadoshiga qo'ng'iroq qildi

Eldor Akmurzayev
2 iyun 2019, 23:25
Yuventus hujumchisi Krishitanu Ronaldu sobiq jamoadoshi va hozirda Bavariyada ijara asosida o'ynayotgan Xames Rodrigesga qo'ng'iroq qildi.

Ronaldu Xames bilan suxbatda uni Yuveda ko'rishni xohlashini bildirgan. 

Myunxenliklar kolumbiyalik futbolchini 2017 yilda Realdan 15 mln. evro evaziga ijaraga olgan. Agar Qizillar Xamesni jamoada olib qolishni istasa, u holda Madrid jamoasiga 42 mln. evro to'lab berishi talab etiladi. Biroq, Niko Kovach yarim himoyachini o'yinidan ko'ngli to'lmayapti. Shu sabadan, u katta ehtimol bilan yana Realga qaytib ketadi. 

O'z navbatida qaymoqranglilar rahbariyati 27 yoshli futbolchini klubda olib qolish niyatida emas.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: SportBild