Ronaldu Shvaynshtaygerning rekordini takrorladi

Mirjalol Normatov
1 iyul 2018, 13:06
Portugaliya termasi sardori Krishtianu Ronaldu JCHning 1/8 finali doirasidagi Urugvayga (1:2) qarshi o'yinda ishtirok etdi.

OPTA xabariga ko'ra, 33 yoshli to'purar JCH va ECH turnirlarida ishtirok etish bo'yicha rekordni takrorladi.

Ronalduning hisobida bunday o'yinlardan 38ta bor. Germaniya termasining sobiq yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger ham shuncha o'yinda qatnashgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA