Ronaldu Saudiya Arabistonidagi eng qimmat mehmonxonada yashaydi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2023
"Al Nasr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu Ar-Riyoddagi 99 qavatli mehmonxonada yashaydi.

Ronaldu o'zi, oilasi, do'stlari va tartib posbonlarining yashashi uchun mehmonxonaning 17ta xonasini ijaraga oldi. Futbolchi "Kingdom Tower" yashashi uchun oyiga 280 ming evro to'laydi.

"Al Nasr"da Ronaldu dunyoning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi bo'ldi. Ayni damda jamoa Saudiya Arabistoni chempionatida peshqadamlik qilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal