Ronaldu qo'l harakati bilan "Real" muxlislarining o'zini tutishidan norozi ekanligini bildirdi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2015, 11:41
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduga "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda jamoa ikki gol o'tkazib yuborganidan so'ng, "Santyago Bernabeu"ga yig'ilgan muxlislarning reakciyasi yoqmadi.

"Real" bahsning 3 daqiqasida hisobni ochdi, ammo 9 daqiqa ichida 2ta gol o'tkazib yubordi. "Qirollik klubi" muxlislari tezda norozilik bildirdi. Ronalduga muxlislarning o'zini tutishi yoqmadi va qo'l harakati bilan ulardan norozi ekanligini bildirdi.

O'yin 10:2 hisobida "Real"ning g'alabasi bilan yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com