Ronaldu qachongacha futbol o'ynashini aytdi

Mirjalol Normatov
23 sen 2023, 13:32
Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlashni istamayapti.

"Ronaldu tugab bo'lgan deyishyapti... Biroq bu yolg'on. Qachonki oyoqlarim: "Krishtianu, bo'ldi, etadi", demaguncha futbol o'ynayveraman. Hali ko'p ishlarni qila olaman.

Haligacha futbolni sevaman, gollar urishni yoqtiraman. G'alabalarni yaxshi ko'raman. Kimlardir mening atrofni buzishimni aytishyapti. Ammo unday emas", - dedi 38 yoshli hujumchi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu ushbu mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida 5 o'yinda 9ta gol urib, to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano