Ronaldu PSJga o'tadimi? Parij klubi prezidenti javob berdi

Aslanov Jasurbek
7 dek 2022, 23:05
Ayni damda erkin agentga aylangan Krishtianu Ronalduning kelajagi borasida mish-mishlar ko'p tarqalmoqda.

PSJ haqida ham xabarlar yo'q emas. Klub prezidenti Nosir Al Helayfi ortiqcha shov-shuvlar bo'lmasligi uchun ushbu mavzuda fikr bildirdi.

"Ronaldu bilan shartnoma tuzish? Bizda uch nafar yulduz bor (Messi, Neymar va Mbappe). Krishtianuni jamoaga taklif qilish juda qiyin bo'ladi. Unga omad tilayman. U fantastik futbolchi" - deydi Nosir Al Helayfi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano