Portugaliyalik velopoygachi Ruy Koshta ikkinchi marotaba ketma-ket Portugaliyada yil sportchisi deb topildi, deb xabar beradi Ojogo.pt.
Futbol bo'yicha Portugaliya terma jamoasi a'zosi Krishtianu Ronaldu esa ikkinchi o'ringa munosib deb topildi. Uchinchi o'rin tennischi Juan Souzuga nasib etdi. Ushbu sportchilarni taqdirlash marosimi Eshtorilda bo'lib o'tdi.