Ronaldu Portugaliya safida o'zi ishtirok etgan 10 ta yirik turnirda gol urdi va rekord o'rnatdi

Administrator
25 noya 2022, 00:44
Bugun Ronaldu bir necha rekordlar qayd etmoqda.

Jahon chempionati birinchi turida Portugaliya Gana bilan o'ynamoqda (3:1). Penalti orqali hisobni ochgan Krishtianu Ronaldu Portugaliya safida ishtirok etgan o'nta yirik turnirda gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Yirik turnirlar safiga Jahon chempionati va Yevropa chempionatlari, Amerika kubogi va Afrika kubogi kiritilgan. kiritilgan. Bu ko'rsatkich orqali Ronaldu Gana futbolchisi Asamoa Gyan rekordini yangiladi. 

Ma'lumot uchun, Ronaldu ushbu goli bilan beshta Jahon chempionatida gol urgan ilk futbolchiga ham aylangandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Opta Sports