Ronaldu mavsum-2017/18 gollari soni bo'yicha peshqadamlik qilyapti

Aslanov Jasurbek
20 mar 2018, 01:57
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Jirona” bilan o'yindagi pokeri (6:3) evaziga joriy mavsum barcha turnirlarda kiritilgan gollar soni bo'yicha peshqadamga aylanib oldi.

Portugaliyalik yulduz hisobida 37ta gol bor. Bu gollarini u 35ta uchrashuvda kiritishga muvaffaq bo'lgan. Ikkinchi o'rindan Muhammad Salah 36ta gol bilan joy olgan. Xarri Keyn va Lionel Messi hisobida 35tadan gol bor.

1. Krishtianu Ronaldu (“Real”) – 37 gol (35 o'yin)

2. Muhammad Salah (“Liverpul” – 36 (41)

3. Xarri Keyn (“Tottenxem”) – 35 (39)

4. Lionel Messi (“Barselona”) – 35 (43)

5. Chiro Immobile (“Lacio”) – 34 (38)

6. Edinson Kavani (“PSJ”) – 33 (40)

7. Robert Levandovski (“Bavariya”) – 32 (37)

8. Serxio Aguero (“Manchester Siti”) – 30 (37)

9. Neymar (“PSJ”) – 28 (30)

10. Romelu Lukaku (“Manchester Yunayted”) – 25 (44)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif