Ronaldu mashg'ulotlarga belgilangan vaqtdan 4 soat oldin keldi

Eldor Akmurzayev
3 iyun 2020, 20:00
“Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu mavsum restartiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

U turinliklarning Kontinassedagi bazasiga 12:52da indivual mashqlarni basharish uchun tashrif buyurgan. Ronaldu taxminan 4 soat oldin bazaga kelgan, jamoaviy mashg'ulotlar esa 17:00ga belgilangandi.

Manbada keltirilishicha, “Yuve”ning deyarli barcha futbolchilari optimal sport formasida. Jamoaga kech kelib qo'shilganlar, masalan, Gonsalo Iguain kabi o'yinchilar sekin-asta formaga kirib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Tuttosport