Ronaldu: "Marselo uchun "Yuventus" eshiklari ochiq"

Aslanov Jasurbek
10 dek 2018, 16:49
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real"dagi sobiq jamoadoshlarining Turin klubiga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Real" futbolchilarining "Yuventus"ga o'tishi haqda mish-mishlar? Sizlar Xames, Beyl, Asensio haqida tinimsiz yozyapsiz, ammo to'g'risini aytadigan bo'lsam, "Yuventus"ga yangi futbolchilar kerak emas. Bu haqida prezident bilan suhbatlashing. Kelajakda nima bo'lishini bilmayman.

Marselo? U kuchli futbolchi. Yaxshi futbolchilar uchun jamoa eshiklari ochiq. Marselo shunday o'yinchilarning biri" - deydi Ronaldu.

Oldinroq, Ronaldu "Yuventus" rahbariyatiga Marseloni xarid qilish haqida yuzlangani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport